Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Abituriyent ruxsatnomasi qachon beriladi?

28.07.2020 13:17
Abituriyent ruxsatnomasi qachon beriladi?

Hozirgi kunda abituriyentlar tomonidan Davlat test markaziga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni olish bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Ma’lumki, abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi” taqdim etiladi.

Unda abituriyentning shaxsiy ma’lumotlari bilan birga, test topshirish hududi, test topshiriladigan sana va vaqt, test o‘tkaziladigan bino, test topshirish smenasi va guruh raqami kabi bir qator ma’lumotlar aks etgan bo‘ladi.

Ruxsatnomani shakllantirish va abituriyentlarga yetkazish uchun test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.

Eslatish joizki, yurtimizda karantin cheklovlari davom etayotganligi sababli, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari hali belgilanmadi.

✅ Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilangach, “Abituriyent ruxsatnomasi” shakllantiriladi va abituriyentlar Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Test sinovlarini o‘tkazish muddatlari belgilanganda, Davlat test markazining rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazi matbuot xizmati