Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Talabalarga qanday hollarda akademik ta’til beriladi?

02-aprel 21:43
Talabalarga qanday hollarda akademik ta’til beriladi?

Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

- harbiy xizmatni o‘tash uchun;
- salomatligini tiklash uchun;
- homiladorlik va tug‘ish uchun;
- bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

- harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
- salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;
- homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.

Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik ta’til berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik ta’til faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.