Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

BAA: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100% gacha grant

4.03.2021 18:20
BAA: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun 100% gacha grant

Muddati:

02.05.2021

Davlat:

Birlashgan Arab Amirliklari

Rasmiy havola:

www.ku.ac.ae

Grant turi:

Bakalavriatura

Grant va universitet haqida qisqacha:

Birlashgan Arab Amirliklarining Khalifa University oliygohi Abu-Dabi shahrida joylashgan bo‘lib, u 2007 yilda tashkil etilgan juda ham yosh universitet sanaladi. THE (Times Higher Education) dunyo universitetlari reytingida #351-400 o‘rinni egallaydi.

Ushbu universitet taklif etayotgan President’s Scholarship grant dasturi esa butun dunyodan kelgan a’lochi talabalarni CGPA ko‘rsatkichlariga qarab 100% gacha rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

Grantga kimlar ariza bera oladilar:

Ushbu grant dasturi uchun barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin. Grant uchun nomzodlik qila olish uchun talabalar Khalifa University oliygohi universitetning "College of Engineering and College of Science" fakultetlaridagi bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo‘lishlari kerak. Grant dasturi uchun alohida ariza berish shart emas. Yuqorida aytilgan fakultetlarning bakalavr dasturlari uchun kelib tushgan barcha arizalar grant dasturi uchun ham ko‘rib chiqiladi. Bakalavr o‘quv dasturlaridan biri uchun bu yerdan hujjat topshirishingiz mumkin.

Talablar:

Khalifa University bakalavr dasturlaridan biriga qabul qilinishi uchun nomzodlar quyidagi talablarga tog‘ri kelishlari kerak:

  • Nomzodning o‘rta maktab (kollej/litsey) ni tamomlaganiga 2 yildan oshmagan bo‘lishi kerak;
  1. EmSAT fanlari bo‘yicha - Matematika 1000, Fizika 800, Arab tili 700 va Ingliz tili 1250 minimal natijani ko‘rsatgan taqdirda universitetning "Foundation" dasturi uchun shartli ravishda qabul qilinadi;
    Yoki:
  2. EmSAT fanlari bo‘yicha - Matematika 1250, Fizika 800, Arab tili 700 va Ingliz tili 1400 minimal natijani ko‘rsatgan taqdirda bakalavr dasturining birinchi kursiga to‘liq ravishda qabul qilinadi, batafsil bu yerda;
  • IELTS 6.0/TOEFL iBT 79 va EmSAT English 1400
  • EmSAT imtihoni va uni topshirish tartibi borasida batafsil bu yerdan bilib oling.
  • Xalqaro talabalarga qo‘yilgan boshqa talablar bilan batafsil bu yerda tanishib chiqing.

Universitet bakalavr bosqichiga qabul qilingan o‘quvchilar uchun grantlar ularning GPA ko‘rsatkichlariga asosan quyidagi foizlarda ajratiladi:

KO‘RSATKICHLAR COLLEGE OF ENGINEERING UCHUN GRANT QIYMATI COLLEGE OF SCIENCE UCHUN GRANT QIYMATI
CGPA >= 3.3 100% of tuition fees 100% of tuition fees
CGPA 3.0 –3.29 75% of tuition fees 75% of tuition fees
CGPA 2.0 – 2.99 50% of tuition fees 50% of tuition fees
CGPA < 2.0 0% of the tuition fees 0% of the tuition fees

Eslatma: Grant taqdim etilgan talabalar grant davomiyligini saqlash uchun GPA ko‘rsatkichlari 3.3 dan tushib ketmasligi kerak! Arizalar uchun kerakli hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini bu yerdan topishingiz mumkin.

Grant dasturi yoki bakalavr dasturi va unga qabul jarayoni borasida tushunmovchiliklar yoki savollaringiz bo‘lsa quyidagi rasmiy manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Office of Student Recruitment and Admission

Khalifa University of Science and Technology

P.O Box : 127788, Abu Dhabi, UAE

Toll Free: 800 33 22 11

T: +971-(0)2-4018000

E: admissions@ku.ac.ae

Batafsil rasmiy saytda