Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Portugaliya: Koimbra universiteti tomonidan bakalavr bosqichi talabalari uchun 2000 yevrolik stipendiya dasturi

16.04.2021 05:21
Portugaliya: Koimbra universiteti tomonidan bakalavr bosqichi talabalari uchun 2000 yevrolik stipendiya dasturi

Muddati:

15.05.2021

Davlat:

Portugaliya

Rasmiy havola:

www.uc.pt

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Koimbra universiteti (Coimbra University) 1290-yilda tashkil topgan bo‘lib, u nafaqat Portugaliyaning balik dunyoning eng uzoq tarixga ega universitetlaridan biri sanaladi. Universitet uchta yirik kampusga bo‘lingan va ko‘plab ilmiy dasturlarni taqdim etadigan sakkizta fakultetga ega. THE (Times Higher Education) tomonidan e’lon qilingan dunyo universitetlari reytingida #601-800 o‘rinni egallaydi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Strategic Support dasturi universitetning ma’lum bakalavr dasturlariga qabul qilingan a’lochi xalqaro talabalarni moddiy rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

Dasturning tafsilotlari:

  • Universitet: Koimbra universiteti;
  • Kurs darajasi: Bakalavr darajasi;
  • Grant qiymati: 2000 yevro;
  • Hujjat topshirish tartibi: Onlayn;
  • Grant turi: Xalqaro.

Grant taqdim etilishi ko‘z tutilgan dasturlar:

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan Strategic Support dasturi universitetning quyida nomi keltirilgan bakalavr dasturlariga qabul qilingan a’lochi xalqaro talabalarga beriladi:

  • Faculty of Science and Technology

  • Anthropology

  • Biology

  • Biochemistry

  • Civil Engineering

  • Ambient Engineering

  • Physical Engineering

  • Geology

  • Mathematics

  • Chemistry

  • Medical Chemistry

  • Faculty of Pharmacy

  • Bioanalytical Sciences

  • Pharmaceutical Sciences (Integrated Master)

  • Biomedical Pharmacy

  • Faculty of Arts and Humanities

  • Information Sciences

  • Classic Studies

  • Geography

  • Tourism, Territory and Patrimony

  • Faculty of Sport Sciences and Physical Education

  • Sports Sciences

Ariza berish tartibi:

Dastur mukofotiga sazovor bo‘lish uchun talabalar universitetning yuqorida nomlari keltirilgan bakalavr dasturlaridan biriga bu yerdan ariza berishlari va qabul qilinishlari kerak. Shundan so‘ng, ariza beruvchilar ushbu grant dasturi uchun bu yerdan onlayn arizani to‘ldirishlari kerak bo‘ladi.

Qabul talablari:

Bakalavr darajasida o‘qish uchun talabalar o‘rta maktab ma’lumotlarini taqdim etishlari kerak, ba’zi yo‘nalishlar uchun kirish imtihoni topshirish ham talab qilinishi mumkin. Aksariyat yo‘nalishlar uchun IELTS yoki shunga o‘xshash til sertifikatlari talab qilinamsada, ingliz tilini yaxshi bilish talab qilinadi.

Grantning umumiy qiymati - 2000 yevro. Qabul esa 2021-yil 15-mayga qadar davom etadi.

Batafsil bu yerda