Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Donghua universiteti: Barcha bosqichlar uchun o‘qish va yashash xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydigan "Shanghai Government Scholarship" grant dasturi

27-fevral 03:01
Donghua universiteti:  Barcha bosqichlar uchun o‘qish va yashash xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydigan

Muddati:

31.03.2021

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

english.dhu.edu.cn

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura

Donghua universiteti 2006 yildan boshlab Shanxay hukumati grant dasturi bilan xalqaro talabalarni qabul qilish uchun tayinlangan. Shu vaqtdan boshlab, DHU har yili butun dunyo bo‘ylab bakalavriat, magistratura yoki doktorantura bosqichlari uchun 40 ga yaqin talabalarni Shanxay hukumati grant stipendiyasi bilan o‘qishga qabul qilib kelmoqda.

Grant dasturiga ariza topshira olish uchun nomzod Donghua universitetining bakalavriat, magistratura yoki doktorantura dasturlarining biriga ariza topshirishi kerak. Universitet taklif etayotgan ta’lim yo‘nalishlarini quyidagi havolalar orqali ko‘rishingiz mumkin:

To‘liq grantni qo‘lga kiritgan talabalar uchun quyidagilar qoplab beriladi (Type A):

  1. O‘qish uchun kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi
  2. Bepul turar joy (universitet yotoqxonasidan)
  3. Oylik stipendiya (bakalavr dasturlari uchun: 2500 CNY; magistratura dasturlari uchun: 3000 CNY; doktorantura dasturlari uchun: 3500 CNY)
  4. Tibbiy sug‘urta va himoya dasturi xarajatlari

Qisman grantni qo‘lga kiritgan talabalar uchun quyidagilar qoplab beriladi (Type B):

  1. O‘qish uchun kontrakt to‘lovi to‘liq qoplanadi
  2. Tibbiy sug‘urta va himoya dasturi xarajatlar

Talablar:

  • Ariza beruvchi nomzod sog‘lom bo‘lishi va Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi kerak;
  • Doktorantura dasturlariga hujjat topshirishda 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi va magistratura darajasiga ega bo‘lishi kerak;
  • Magistratura dasturlariga hujjat topshirishda 35 yoshdan oshmagan bo‘lishi va bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak;
  • Bakalavr dasturlariga ariza topshirishda 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi va o‘rta maktab (kollej yoki litsey) bitiruvchisi bo‘lishi kerak;
  • Akademik va darsdan tashqari ishlarda yuqori darajada faol bo‘lishi, ammo Xitoy hukumati, institutlari yoki tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan boshqa stipendiyalar bilan taqdirlanmagan bo‘lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Avval DHU universiteti siz o‘rganmoqchi bo‘lgan akademik dasturni taklif qilish qilmasligini, taklif qilganda ham, u SGS stipendiyalari bilan ta’minlangan yoki yo‘qligini tekshirib ko‘ring.
  • DHU universiteti murojaat qilishdan oldin, ushbu saytda SGS grant dasturi uchun onlayn ariza to‘ldirishingiz mumkin, bu sizning ma’lumotingizni stipendiyalar uchun ma’lumotlar bazasida saqlash uchun.
  • So‘ngra DHU universitetining taklif etilayotgan dasturlaridan biriga arizangizni yuborish uchun DHU universitetining onlayn arizasini to‘ldiring.
  • Talab qilingan xujjatlarning nusxalarini taqdim eting va ariza uchun to‘lovni to‘lang.

Arizalarni qabul qilish muddati: 31-mart, 2021-yil (faqat kuzgi semestr uchun)

Batafsil ma’lumot - rasmiy saytda