Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

El-yurt umidi jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun jami 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

30-mart 18:30
El-yurt umidi jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun jami 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiyalar tanlovini e’lon qildi

Muddati:

01.05.2021

Rasmiy havola:

eyuf.uz

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura

Dastur maqsadi:

“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:

  • Kosmik texnologiyalar;
  • Nanotexnologiyalar,
  • IT va raqamlashtirish;
  • Sun’iy intellekt sohalarida atom va kuchyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa yo‘nalishlarda sog‘liqni saqlash;
  • Farmatsevtika;
  • Telemeditsina;
  • Virusologiya;
  • Mikrobiologiya;
  • Immunologiya va boshqa sohalarda elektroenergetika;
  • Neft-gaz;
  • Neft-kimyo;
  • Kimyo;
  • Metallurgiya sohasinig ustuvor tarmoqlarida mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
  • Suv tejovchi texnologiyalarni keng jоriy etish;
  • Bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohanining muhim tarmoqlarda; shuningdek respublikamizdagi boshqa ustuvor sohalar va mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya bilan munosib nomzodlarni rag‘batlantirishdir.

Grant dasturi tafsilotlari:

El-yurt umidi jamg‘armasi 2021-2022 yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,

- magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,

- doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishi ko‘zda tutilgan.

Agar siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat ilm-fani uchun innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsangiz - bu imkoniyat siz uchun!

Qabul jarayoni:

Nomzodlarning xujjatlari 2021 yil 1-apreldan - 1-mayga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagonauchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2021 yil 1-maydan - 20-mayga qadar davom etadi.

Batafsil rasmiy saytda