Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Rossiya: Bakalavriat va magistratura dasturlari uchun qisman va to‘liq grantlar hamda 1500 rubl oylik stipendiya

21-aprel 07:40
Rossiya: Bakalavriat va magistratura dasturlari uchun qisman va to‘liq grantlar hamda 1500 rubl oylik stipendiya

Muddati:

15.08.2021

Davlat:

Rossiya

Rasmiy havola:

www.hse.ru

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

National Research University Higher School of Economics (Rus tilida: Национальный исследовательский университет «Высшая школа экономики») - 1992 yilda tashkil etilgan va asosiy bo‘limi Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan jamoat tadqiqot universiteti hisoblanadi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan ayni vaqtda 2 xil turdagi grant dasturi taqdim etilmoqda:

1. HSE Golden Scholarship dasturi - universitetning bakalavr va magistratura dasturlariga qabul qilingan a’lochi xalqaro talabalarni kirish sinov testlari asosida saralab olib, g‘oliblarni o‘quv kursi to‘lovidan to‘liq ozod etish va oylik 1500 rubl stipendiya bilan rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.

2. Tuition fee waivers (qisman grantlar): universitetning bakalavr va magistratura dasturlariga qabul qilingan a’lochi xalqaro talabalarni kirish sinov testlari asosida saralab olib, ularning ko‘rsatgan natijalari asosida ma’lum foizda o‘quv dasturi to‘lovlari uchun chegirma berishni ko‘zda tutadi.

Grant uchun tanlov jarayoni:

Grant dasturi uchun nomzodlik qilish niyatida bo‘lgan xorijiy talabalardan dastur uchun alohida hujjat topshirishlari talab qilinmaydi. Shunchaki o‘zlari tanlagan bakalavriat (bu yerdan) yoki magistratura (bu yerdan) kurslari uchun ariza topshiradilar. Shundan so‘ng ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha universitetning maxsus kirish sinovlaridan o‘tishlari kerak. Kirish sinovlarini topshirishda nomzodlar test (bakalavriat dasturlari uchun) yoki portfolio tanlovi va intervyu (magistratura dasturlari uchun) jarayonlarida yuqori ball to‘plashlari kerak. Eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan nomzodlar HSE Golden Scholarship granti uchun avtomatik tarzda tanlab olinadi. Qisman taqdim etiladigan grantlarning miqdori esa nomzodlarning kirish sinovlarida qo‘lga kiritgan ko‘rsatkichlari asosida quyidagicha belgilanadi va ko‘rsatilgan foizdagi grant qiymati o‘quv to‘lovi pulidan chegirib beriladi:

  • Bakalavriat:
    • 140-149 ball - 25%;
    • 150-169 ball - 50%;
    • 170 balldan yuqori - 70%.
  • Magistratura
    • 50-59 ball - 25%;
    • 60 balldan yuqori - 50%.

Ayni vaqtda universitetning 2021-yil kuzgi o‘quv dasturlari uchun qabul davom etmoqda. Qabul quyidagi sanalargacha davom etadi:

  • Bakalavriatura: 2021-yil 15-avgust
  • Magistratura: 2021-yil 10-avgust

Grant qanday taqdim etiladi:

Grant dasturi bo‘yicha nomzodlarni o‘quv to‘lovidan ozod qilish kirish sinovlari tugagandan so‘ng avtomatik ravishda nomzodlar ko‘rsatkichlari asosida taqdim etiladi.

Eslatma: "Fizika" yo‘nalishi bakalavriatura o‘quv dasturlari uchun grant ajratilmaydi.

Grant dasturiga tanlov jarayoni yo‘riqnomasini bu yerdan yuklab oling.

Batafsil rasmiy saytda