Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Shvetsiyada University of Gothenburg‘da taʼlim olish uchun stipendiya

17-dekabr 01:31
Shvetsiyada University of Gothenburg‘da taʼlim olish uchun stipendiya

Muddati:

15.01.2021

Davlat:

Shvesiya

Rasmiy havola:

www.gu.se

Grant turi:

Magistratura

Shvetsiyada University of Gothenburg‘da taʼlim olish uchun stipendiya

Muddat: 2021-yil 15-yanvar
Taʼlim joyi: Gyoteborg, Shvetsiya

Gyoteborg universiteti magistratura talabalariga Axel Adler Scholarship stipendiyasini taklif qiladi. Stipendiyaga YEI/YEIHga kirmaydigan davlat fuqarolari nomzod boʻlishlari mumkin. Stipendiya Shvedsiyaning oliy taʼlim boʻyicha kengashi tomonidan moliyalashtiriladi va University of Gothenburgʻda magistraturada taʼlim olish xarajatlarini toʻliq qoplaydi.

Stipendiyalar soni: gumanitar fanlar magistri va fanlar magistri uchun 60 ta hamda sanʼat, amaliy va ijro sanʼati yoʻnalishlarida 4 ta.

Stipendiya miqdori. Stipendiya magistratura dasturida oʻqish toʻlovini toʻliq qoplaydi. Yashash va transport xarajatlari koʻrinishida qoʻshimcha moliyaviy yordam koʻrsatilmaydi.

Talablar
• Nomzodlar 2021-yilning 15-yanvariga qadar yuqorida koʻrsatilgan universitetning magistratura dasturiga kirishi lozim.
• Stipendiyani oʻzlashtirishi aʼlo darajada boʻlgan talabalar qoʻlga kiritadi. University of Gothenburgʻni tanlagan nomzodlarga ustunlik beriladi.
• 2021-yilning 1-fevraliga qadar roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash lozim.

Batafsil rasmiy saytda.