Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Singapur: Doktorantura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant, aviachipta va yashash xarajatlari uchun 1 850 AQSH dollar oylik stipendiya

03-aprel 04:05
Singapur: Doktorantura bosqichida o‘qish uchun to‘liq grant, aviachipta va yashash xarajatlari uchun 1 850 AQSH dollar oylik stipendiya

Muddati:

01.06.2021

Davlat:

Singapur

Rasmiy havola:

www.a-star.edu.sg

Grant turi:

Doktorantura

Grant dasturi haqida qisqacha:

The Singapore International Graduate Award (qisqacha SINGA) - Singapur davlatining Fan, Texnologiya va Tadqiqotlar Agentligi (A*STAR), Nanyang Texnologik Universiteti (NTU), Singapur Milliy Universiteti (NUS) va Singapur Texnologiya va Dizayn Universiteti (SUTD) tashkilotlari hamkorligidagi dastur. Taklif etilayotgan doktorantura kurslari bo‘yicha tayyorgarlik ingliz tilida nomzodlar tanlagan laboratoriyada A*STAR tadqiqot institutlari shuningdek yuqorida nomlari tilga olingan NTU, NUS yoki SUTD oliygohlaridan birida amalga oshiriladi.

See the source image

Talabalar ushbu laboratoriyalarda taniqli va dunyoga tan olgan tadqiqotchilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Kurslarni muvaffaqiyatli bitirgandan talabalarga NTU, NUS yoki SUTD oliygohlari tomonidan doktorlik darajasi beriladi.

Izlanish olib boriluvchi sohalar:

Doktorlik dasturi doirasida tadqiqotolib boriladigan yo‘nalishlari asosan ikkita toifaga bo‘linadi:

Nomzodlar uchun talablar:

Uhbu dastur uchun tadqiqotga va yuqori ilmiy natijalarga erishish uchun ishtiyoqi baland bo‘lgan barcha xalqaro talabalar ariza berishlari mumkin va ular uchun quyidagi talablar mavjud:

  • Ingliz tilida yaxshi yozma va og‘zaki ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Til sertifikatiga ega bo‘lish majburiy emas grant uchun majburiy emas, ammo kurs taklif etayotgan universitetlar buni talab qilishi mumkin;
  • Akademik baholovchilardan yaxshi hisobot baholariga ega bo‘lishi;

Eslatma: Yuqoridagi muvofiqlik mezonlari to‘liq emas. Baholash jarayonida, A*STAR, amaldagi grant taqdim etish tartiblari asosida qo‘shimcha tanlov mezonlarini qo‘llashi mumkin. Ushbu qoidalarga vaqti-vaqti bilan ogohlantirishsiz o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

Grantning manfaatli tomonlari:

Grant 4 yilgacha bo‘lgan doktorlik dissertatsiyasi o‘quv kurslarini qo‘llab-quvvatlaydi va quyidagilarni moliyalashtiradi:

  • O‘quv kurslari to‘lovi;
  • Oylik 2000 Singapur dollari (taxminan 1 486 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya va ushbu stipendiya miqdori malaka imtihonidan o‘tganidan keyin 2500 Singapur dollari (taxminan 1 858 AQSh dollari) ga oshirilishi mumkin;
  • Aviachipta uchun bir martalik 1500 Singapur dollari (taxminan 1 115 AQSh dollari) miqdorida mukofot puli;
  • Joylashib olish uchun bir martalik 1000 Singapur dollari (taxminan 743 AQSh dollari) miqdorida mukofot puli;

Kerakli hujjatlar:

  1. Pasportning skaynerlangan nusxasi;
  2. Pasport o‘lchamidagi fotosurat;
  3. Bakalavr bosqichi akademik transkriptlari, diplom yoki sertifikat xati yoki/va magistratura bosqichi akademik transkriptlari, diplom yoki sertifikat xati;
  4. 2 ta tavsiyanoma.

Grant uchun bu yerdan onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Batafsil rasmiy saytda