Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bilkent University Scholarships 2022: Bakalavriat bosqichida o‘qish uchun to‘liq qoplaydigan grant dasturi

20.05.2022 11:38
Bilkent University Scholarships 2022: Bakalavriat bosqichida o‘qish uchun   to‘liq qoplaydigan grant dasturi

Muddati:

04.07.2022

Davlat:

Turkiya

Rasmiy havola:

w3.bilkent.edu.tr

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant haqida qisqacha:

Bilkent University Scholarships 2022 granti uchun barcha mamlakatlardan xalqaro talabalar ariza topshirishlari mumkin. Grant taklif etayotgan Bilkent Universitetida o‘qish uchun ko‘plab akademik dasturlar va kurslar mavjud. Universitet tahminan 12500 nafar talabalarga bakalavriat, magistratura va undan yuqori bosqich kurslarida ta’lim olish imkoniyatini yaratib beradi. Bilkent University Scholarships 2021 grant dasturi esa barcha bosqich talabalari uchun taqdim etiladigan eng qimmat grantlarning ikkinchisi hisoblanadi. Ushbu grant uni yutib olgan talalabalarning o‘qish kontrak to‘lovi uchun 20%,40,60,80%,100% miqdorda grantlar tqdim etiladi. 100% grant yutgan talabalar uchun yotoqxona xizmati uchun ham grant ajratilishi mumkin.

Nomzodlar uchun talablar:

  • Barcha davlat fuqarolari shu jumladan Turkiya fuqarolari ham grant uchun ariza topshirishlari mumkin;
  • Bakalavr bitiruvchilari ariza topshirishda kamida 2.80 / 4.00 GPA talab qilinadi.
  • Agar siz Turkiya fuqarosi bo‘lsangiz: ALES balli talab qilinadi, <55 (miqdoriy)
  • TOEFL IBT (kamida 87), IELTS (o‘rtacha kamida 6,5 va har bir bo‘limdan 5,5 dan kam bo‘lmasligi kerak) yoki Bilkent COPE (kamida C, universitetning o‘zida topshirish mumkin bo‘ladi).
  • SAT talabi: Reasoning Test-“Math” and “Critical Reading” bo‘limidan kamida 900/1600; Subject Test_topshirayotgan yo‘nalishiga kamida 2 ta bo‘limda kamida 800ball dan kamida 500 olishi kerak;

Kerakli hujjatlar:

  • Ilmiy daraja (agar olingan bo‘lsa);
  • Diplom yoki shahodatnoma va baholardan ko‘chirma;
  • Motivatsion xat;
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • CV va boshqa qo‘shimcha xujjatlar tanlagan yo‘nalishingizga qarab talab qilinishi mumkin.

Arizalarni topshirish jarayoni:

Grant dasturiga nomzodlik qilish uchun avvalo universitet kurslaridan biriga qabul qilinishingiz kerak. O‘quv kurslari uchun yuborilgan arizalarning barchasi ushbu grant dasturi uchun ko‘rib chiqiladi. Grant dasturi uchun qo‘yilgan talablar nomzodlar tomonidan bajarilgan taqdirda grant taqdim etiladi. Bilkent universiteti kurslariga quyidagi havolalar yordamida online xujjat topshirishingiz mumkin.Ariza to‘lovi ham mavjud 30$.

Tugash muddati: 2022-yil 4-iyul

Batafsil ma’lumot rasmiy saytda