Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

BAA: Foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun 100% gacha grant

11.04.2021 08:58
BAA: Foundation, bakalavr  va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun 100% gacha grant

Davlat:

Birlashgan Arab Amirliklari

Rasmiy havola:

curtindubai.ac.ae

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Grant dasturi haqida qisqacha:

Curtin University oliygohi tomonidan taqdim etilayotgan Curtin Merit-based international awards grant dasturidan ko‘zlangan asosiy maqsad a’lochi va iqtidorli xalqaro talabalarni rag‘batlantirishdir. Grant Curtin universitetining Dubay shahrida joylashgan filialida o‘qish istagida bo‘lgan xalqaro talabalar uchun taqdim etiladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

  • O‘qish to‘lovi uchun 100% gacha grant olish imkoniyati.

Grantga kimlar ariza bera oladilar?

  • Universitetning foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish nyatida bo‘lgan barcha mamlakat fuqarolari dastur uchun ariza berishlari mumkin.

Ariza berish jarayoni:

  1. Nomzodlar universitetning foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish uchun taklif etilayotgan quyidagi kurslardan biri ta’lim olishlari uchun bu yerdan ariza berishlari kerak;
  2. Shundan so‘ng, universitet tomonidan taklif etilayotgan grant dasturi uchun bu yerdan ariza berishlari mumkin bo‘ladi.

Kerakli hujjatlar (o‘quv kurslariga qabul uchun):

  • Diplom (agar ingliz tilida bo‘lmasa uning notorial tarjimasi bilan);
  • Diplom ilovasi (agar ingliz tilida bo‘lmasa uning notorial tarjimasi bilan);
  • Pasport nusxasi;
  • Til sertifikati - IELTS 6.5 (har bir bo‘lim 6.0 dan kam bo‘lmasligi kerak) yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikatlari.

Nomzodlar universitetning quyida nomlari keltirilgan foundation, bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qish imkoniyatiga egadirlar:

  • Curtin Dubai Foundation Program
  • Foundation in Engineering & AMP; Hard Sciences
  • Foundation in Information Technology
  • Foundation in Business
  • Foundation in Arts & AMP; Media
  • Undergraduate Courses
  • Engineering
  • Business & AMP; Management
  • Arts & AMP; Creative Industries
  • IT & AMP; ComputingPostgraduate Courses
  • Master of Business Administration Global
  • Master of International Business

Arizalarni taqdim etish yoki o‘quv dasturlari borasida savollaringiz bo‘lsa quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:

Dubai International Academic City.

Future Students Center

Phone : +971 4 245 2500
Email : scholarships@curtindubai.ac.ae

Batafsil bu yerda