Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

University of Bologna Scholarships: Italiyaning Boloniya universiteti tomonidan to‘liq grant va yashash xarajatlari uchun yiliga 11 000 yevro stipendiya

01-mart 15:25
University of Bologna Scholarships: Italiyaning Boloniya universiteti tomonidan to‘liq grant va yashash xarajatlari uchun yiliga 11 000 yevro stipendiya

Davlat:

Italiya

Rasmiy havola:

www.unibo.it

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Grant va universitet haqida qisqacha:

University of Bologna Scholarships 2021 grant dasturi uchun arizalar topshirish boshlandi. Xalqaro talabalar Italiya hukumati stipendiyasi tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu grant sohibi bo‘lishlari uchun Boloniya universitetining bakalavriat va magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshirishlari mumkin. Boloniya universiteti dunyo reytingida 160-o‘rinni, Italiyaning o‘zida esa 1-o‘rinni egallaydi. Agar sizda ham mana shunday nufuzli universitetda mutlaqo bepul ta’lim olish niyati bo‘lsa, unda shoshiling!

Grantning umumiy tafsilotlari:

  • Davlat: Italiya;
  • Universitet: Boloniya universiteti;
  • Grant turi: Xalqaro to‘liq grant;
  • Kimlar uchun: Boloniya universitetida o‘qishni istagan barcha xalqaro talabalar uchun;
  • Tugash muddati: 2021-yil 30-aprel kuni - bakalavr bosqichi uchun;
  • Tugash muddati: 2021-yil 31-mart - magistratura bosqichi uchun;
  • Grantning qiymati: O‘quv dasturi to‘lovi to‘liq qoplanadi va yashash xarajatlari uchun yiliga 11 000 yevro stipendiya ajratiladi.

Talablar:

  • Barcha davlat fuqarolari ushbu grant uchun ariza topshirishlari mumkin;
  • Ariza beruvchining yoshi 30 yoshdan baland bo‘lmasligi kerak;
  • Nomzod ariza topshirishdan oldin SAT yoki GRE testlarini topshirgan bo‘lishi kerak. Ushbu imtihonlarni universitet ko‘magida topshirish uchun bu yerga o‘ting. Talab qilinadigan ko‘rsatkichlarni tanlagan yo‘nalishingiz talabnomasida bilib olishingiz mumkin bo‘ladi;

Ariza Topshirish:

Grantga ariza berish avvalida talabalar universitetning bakalavr yoki magistratura o‘quv kurslaridan birini bu yerdan tanlab olib online tarzda hujjat topshirishlari kerak. Shundan keyin, bu yerdan grant uchun ham alohida ariza berishi mumkin bo‘ladi.

Tugash muddati: 2021-yil 30-aprel kuni - bakalavr bosqichi uchun;

Tugash muddati: 2021-yil 31-mart - magistratura bosqichi uchun;

Batafsil rasmiy saytda