Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

AQSH: Ayrim bakalavr dasturlari uchun qisman moliyalashtirilgan grantlar

15-aprel 03:47
AQSH: Ayrim bakalavr dasturlari uchun qisman moliyalashtirilgan grantlar

Davlat:

AQSH

Rasmiy havola:

nl.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi borasida qisqacha:

National Louis University - bu Chikagoda asosiy kampusga ega bo‘lgan xususiy universitet va uning maqsadi talabalarga o‘z ko‘magi orqali muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini berishdir.

Universitet tomonidan 2021-2022 o‘quv yili uchun e’lon qilingan International Opportunity Scholarships grant dasturi iqtidorli talabalarga moddiy ko‘maklashishni nazarda tutadi. Ushbu grantga barcha xalqaro ariza beruvchilar tomonidan kelgan arizalar qabul qilinadi, chunki grantdan maqsad ham aynan chet elda oliy ma’lumotli bo‘lishni talabalar uchun oson va qulay qilishiga qaratilgan.

Grant qaysi dasturlar uchun amal qiladi:

International Opportunity Scholarships grant dasturi bakalavr bosqichining quyidagi dasturlari uchun taqdim etiladi:

  • Culinary Arts/Baking and Pastry
  • Hospitality Management

Grantning manfaatli tomonlari:

National Louis University hujjat topshirgan barcha talabalar International Opportunity Scholarships grant dasturi bo‘yicha o‘quv to‘lovi uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan 10% dan 50% gacha grant bilan ta’minlanishadi.

Ariza berish jarayoni:

  1. Ariza beruvchilar avval universitetning onlayn portalida ro‘yxatdan o‘tishlari va universitet ko‘rsatmalariga binoan tanlagan o‘quv kurslariga bu yerdan ariza berishadi;
  2. Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilishlari bilan bir qatorda IELTS, TOEFL yoki PTE kabi xalqaro ingliz tilini bilish sertifikatlari talab qilinadi;

Eslatma: tanlagan yo‘nalish bo‘yicha bu yerdan qo‘shimcha talablarni bilib olishingiz mumkin.

Batafsil bu yerda