Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xivada turizm sohasida xalqaro oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etiladi

30.03.2021 23:18
Xivada turizm sohasida xalqaro oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “2021-2022 yillarda Xiva shahrini kompleks rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Xiva turizm va servis kolleji binosi negizida turizm sohasida yetuk kadrlar tayyorlash borasida xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xorazm viloyati hokimligining Urganch davlat universitetiga qarashli

Xiva qishloq xo‘jaligi texnikumi yotoqxonasi va Toshkent shahar sharqshunoslik institutiga qarashli Xiva sharq tillari va xizmat ko‘rsatish texnikumi ishlab chiqarish sex binolari optimizatsiya natijasida bo‘sh turganini inobatga olib, mazkur binolardan samarali foydalanish maqsadida Xiva shahar hokimligi balansiga beg‘araz o‘tkazish hamda ayollar va yoshlarni kasbga o‘qitish markazi hamda yoshlar sanoat zonasi tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Madaniyat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Xiva shahar hokimligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar “Ichan qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi “Karvonsaroy” madaniy meros obekti negizida hunarmandchilik mahsulotlarini master klass tarzida ishlab chiqarish va sotishga mo‘ljallangan “Sharq bozori”ni tashkil qiladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga savdo nuqtalari tashkil etish va aholi dam oladigan maskanlar barpo etish maqsadida “Ichan qal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi atrofi va Ma’mun akademiyasi xiyoboni hududida 4,5 km. uzunlikdagi sayilgoh tashkil qiladi. Sayilgoh tashkil qilish uchun investitsiya dasturi doirasida har bir tuman, shaharda piyoda va veloyo‘lakchalar tashkil etish, obodonlashtirish uchun 6,8 mlrd so‘m ajratiladi.