Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti 1923-yilda Turkiston Davlat Universiteti Texnika fakultetining Gidrotexnika bo’limi Melioratsiya muxandisligi fakultetining tuzilishidan boshlangan. 1923-yilda 24 nafar talaba agranom, 16 nafar talaba gidromelioratsiya muhandisi sifatida institutni tamomlab birinchi bitiruvchilari bo’lishgan. 1929-yili Melioratsiya muhandisligi fakulteti negizida mexanika qurilishi va suv xo’jaligi fakultetlari ochilib O’rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti tashkil etildi.
1934-yilda o’rta osiyo irrigatsiya muhandislari va texniklari instituti o’rta osiyo qishloq xo’jaligini irrigatsiyalash va mehanizatsiyalashtirish muhandislari instituti nomi bilan birlashtirilib shu yilning 11-noyabridan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutiga aylantirilgan. Dastlab uning tarkibida ikkita gidromelioratsiya va mehanizatsiya fakultetlari bo’lgan.
2004-yil 30-martda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash injinerlari instituti Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutiga aylantirildi.
Institut zamon talablariga javob beradigan to’rtda o’quv, uchta o’quv laboratoriya binolari, zamonaviy o’quv ilmiy markazlar, umumiy fondi 700 ming o’ringa yaqin ahborat resurs markazi 1200 o’rinli 3 ta talabalar uyi, 460 o’rinli talabalar oshxonasi va istirohat bog’iga ega. Institut jamoasining asosiy e'tibori ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayorlash milliy dasturining vazifalaridan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida suv xo’jaligi uchun yuqori malakali mutaxasislarni tayorlashga qaratilgan.
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-maydagi PQ-3003- sonli qaroriga binoan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga aylantirildi.
FAKULTETLARI
Gidromelioratsiya fakulteti
Gidrotexnika qurilishi fakulteti
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti
Qishloq va suv xo'jaligi energiya ta'minoti fakulteti
Yer resurslarini boshqarish fakulteti
Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo`yicha)
5230900
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xo‘jaligida)
5630101
Elektr energetikasi (suv xo‘jaligida)
5310201
Geodeziya va geoinformatika
5313400
Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi)
5141101
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish
5450400
Gidrotexnika qurilishi (turlari bo`yicha)
5340701
Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)
5330200
Iqtisodiyot (suv xo‘jaligida)
5230103
Irrigatsiya tizimlarida gidroenergetika obyektlari
5450600
Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)
5311300
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo`yicha)
5320100
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
5640201
Meliorativ gidrogeologiya
5450500
Mexanika
5140300
Muqobil energiya manbalari (turlari bo`yicha)
5312400
Professional taʼlim: qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
5111005
Professional taʼlim: suv xo‘jaligi va melioratsiya
5111007
Qishloq va suv xo`jaligida energiya ta'minoti
5430500
Qishloq va suv xo`jaligida texnik servis
5430300
Qishloq xo`jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo`llash
5430400
Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish
5430100
Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)
5410500
Suv ta'minoti muhandislik tizimlari
5450700
Suv xo`jaligi va melioratsiya
5450200
Suv xo`jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish
5450300
Suv xo`jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish
5450800
Suv xo`jaligini tashkil etish va boshqarish
5233000
Texnika va texnologiyalarning texnik ekspertizasi va marketingi (turlari bo`yicha)
5313200
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xo‘jaligida)
5311001
Yer kadastri va yerdan foydalanish
5410700
Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar
5311200