Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

200 nafar o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga yuboriladi

09-oktabr 10:44
200 nafar o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga yuboriladi

O‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilari grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuboriladi

7 oktabr kuni Fransiyada Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Nitsadagi Frankofoniya universiteti rahbari Yann Librati bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida janob Librati O‘zbekiston fransuz tili yo‘nalishida mintaqaviy “hab”ga aylanishiga ishonch bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda fransuz tili 600 ga yaqin maktabda xorijiy til sifatida va 100 ga yaqin maktabda ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitilmoqda.

Yig‘ilish davomida malaka oshirish dasturlari va o‘zaro tajriba almashuvlarni jadallashtirish masalasi muhokama qilindi. Fransuz tomoni bu yo‘nalishda yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Muhokama natijasida 2025-yil davomida 200 nafar o‘zbekistonlik fransuz tili o‘qituvchilarini grant asosida Fransiyaga malaka oshirishga yuborish bo‘yicha kelishuv imzolandi.