9 may haftasida nechta kun dam olamiz? To‘liq jadval bilan tanishing

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSIL9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekistonda odatdagidek bayramga to‘g‘ri kelgan haftada dam olish kunlari ko‘pchilikni qiziqtiradi. Quyida bu haftadagi dam olish tartibi haqida ma’lumot beramiz.
-
9-may, juma — rasmiy bayram sanasi bo‘lib, barcha xodimlar uchun dam olish kuni hisoblanadi.
-
10-may, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunlik ish tartibida ishlovchilar uchun esa odatiy dam olish kuni.
-
11-may, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni, haftalik odatiy tartibga binoan.
Ya’ni, haftasiga 5 kun ishlaydiganlar uchun ketma-ket 3 kun dam olish (9, 10, 11-may), 6 kunliklar uchun esa faqat 9 va 11-may dam olish bo‘ladi.
Bayram yaqinlashar ekan, ko‘pchilik bu haftani sayohat yoki oila davrasida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Dam olish kunlarini to‘g‘ri rejalashtirish uchun ushbu ma’lumot foydali bo‘ladi.