Barcha toifadagi oʻqituvchilar oyligi 5 yil ichida 4 baravar oshirildi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekistonda 2017-yildan beri barcha toifadagi oʻqituvchilarning oylik-maoshlari to‘rt baravar oshirilgan. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirlik rasmiysining aytishicha, hozirda OTMlarda ishlayotgan oʻqituvchilar oʻrtacha 10 million soʻm atrofida oylik olmoqda.
“Taʼlim sifatini oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻqituvchilarni moddiy ragʻbatlantirish muhim ahamiyatga ega. 2017-yil bilan taqqoslaydigan boʻlsak, oʻtgan besh yil ichida barcha toifadagi oʻqituvchilarimizning oylik-maoshlari toʻrt baravar oshirildi. Bugungi kunda OTMlarda oʻqituvchilarning oʻrtacha oyliklari 10 million soʻmdan ancha oshgan. Aynan professor-oʻqituvchilar va rahbar kadrlar toʻgʻrisida gapirsak, ularning oyligi hozir ming dollardan ham yuqori. Bu albatta, ijobiy hol. Chunki bu orqali tizimdagi yuqori malakali kadrlarni saqlab qolish va jalb qilishga imkoniyat yaratiladi. harakat qilsa, oyligi albatta ming dollardan oshadi. Bugun davlat OTMlarida ilmiy unvonga ega professor-oʻqituvchilar soni umumiy oʻqituvchilarning 37 foizidan ortiq”, — dedi u.
Avvalroq Komiljon Karimov ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor ortganini aytgandi.
“Birinchi oʻrinda nogironligi boʻlgan, chin yetim talabalar, kam taʼminlangan oila farzandlari uchun oliy taʼlim olishga imkoniyat yaratilmoqda. Misol uchun, nogironligi boʻlgan talabalar uchun umumiy kvotadan ikki foiz oʻrinlar ajratilmoqda. OTMlarga kirishda ularga alohida tanlov amalga oshirilyapti. Chin yetimlar ham davlat hisobidan oʻqitilyapti. Bu yil ming nafarga yaqin chin yetim talabalar oʻqishga qabul qilindi va ular toʻliq davlat hisobidan oʻqitilmoqda. Shu bilan birga, kam ta’minlangan xotin-qizlar uchun ham ikki mingta kvota ajratilgan. Shuningdek, besh yil stajga ega boʻlgan 500 nafar xotin-qizlarga ham kvotalar berilmoqda”, — degan vazir o‘rinbosari.