Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari qanday?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari qanday?
Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi. Batafsil ma’lumotni bu yerda o‘qishingiz mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tahliliga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.
Ayrim sohalarda kontrakt miqdori yillik xarajatlarning yarmini ham qoplamaydi. Masalan, san’at yo‘nalishida o‘qiydigan talaba uchun kontrakt yiliga 7 mln 771 ming so‘m bo‘lsa, unga ketadigan xarajat miqdori 28 mln 759 ming so‘mni (27%) tashkil qiladi.
Shuningdek, sport faoliyati yo‘nalishida amaldagi kontrakt miqdori talabaga yil davomida sarflanadigan xarajatning 36,1 foizini qoplaydi.
Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yo‘nalishlar ro‘yxatida:
- huquq (81,2%)
- jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar (81,2%)
- jahon siyosati (81,2%)
- iqtisod (75,6%)
- axborot texnologiyalari (75,6%)
o‘rin olgan.
100% xarajati qoplanadigan yo‘nalish mavjud emas. Lekin, adashmasam, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to‘lov-kontrakt miqdori 18 mln so‘mdan baland edi, shu sababli mazkur oliygohda sarflanadigan xarajatga nisbatan ko‘proq kontrakt olinayotganini ko‘rish mumkin.
Yillik o‘qish xarajatlari nimalardan tashkil topgani haqida ham batafsil ma’lumot e’lon qilinsa, yanada yaxshi bo‘lar edi - deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.