Bo‘sh turgan o‘quv binolari tadbirkorlarga ijaraga beriladi – Prezident qarori
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Quvvatidan to‘liq foydalanmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga beriladi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijalarini muhokama qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida quvvatidan to‘liq foydalanmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berilishi haqida e’lon qildi. Ushbu qaror mehnat bozorida professional kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilishga qaratilgan.
Asosiy yo‘nalishlar:
- Yoshlarning faqat 2 foizi dual ta’lim shaklida o‘qitilishi va viloyatdagi 30 ming korxonadan faqat 350 tasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
- Quvvati 28 ming o‘quvchi bo‘lgan kollej va texnikumlarga qabul 50 foizga yetmayapti, bu esa kasbga o‘qitishda mehnat bozoridagi talab va yoshlar qiziqishlari yetarlicha hisobga olinmayotganini ko‘rsatadi.
- O‘quv binolari va xonalar tadbirkorlarga ijaraga berilishi va tushgan mablag‘larni binolarni ta’mirlash hamda uskunalar xarid qilishga yo‘naltirish taklifi ilgari surildi. Yagona shart – bu yerda yoshlarni kasbga o‘qitib, ishli qilish.
Shu bilan birga, maktab, kollej, texnikum va oliygohlarda yoshlar ishlab chiqarayotgan tovarlarni davlat xaridi platformalarida sotishdagi cheklovni olib tashlash vazifasi ham qo‘yildi.