Bu yil o‘qishni ko‘chirish uchun 170 ming so‘m to‘lov qilasiz
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
To‘lov haqida ma’lumot
O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.
Hozirgi kunda BHM — 340 ming so‘mni tashkil etadi va uning yarmi esa 170 ming so‘m hisoblanadi.
To‘lovdan ozod qilinadigan toifalar
Quyidagi toifaga kiruvchilar to‘lovdan ozod etiladilar:
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar
- To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik" uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari)
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari
- “Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar