Bugun barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtli ketishi kerak
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 8 mart — Xotin-qizlar kuni, dam olish kuni sifatida belgilangan bayram. Demak, bugun, 7 mart kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
Eslatib o‘taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Maʼlumot uchun: 9 mart — shanba kuni odatdagiday bo‘ladi, yaʼni 5 kunliklar dam oladi, 6 kunliklar uchun ish kuni bo‘ladi.