Chet tillaridan malaka imtihonlari sanasi e’lon qilindi
Ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari 2024-yil 27–29-sentabr kunlari o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish 14-sentabrgacha, to‘lov qilish esa 15-sentabrgacha davom etadi

Chet tillaridan malaka imtihonlari sanasi e’lon qilindi
2024-yil 27–29-sentabr kunlari Bilimni baholash agentligi tomonidan ingliz va arab tillaridan malaka imtihonlari o‘tkaziladi. Bu imtihonlarda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar 15-avgustdan boshlab my.gov.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tmoqda. 14-sentabr ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi sanasi hisoblanadi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgorlar bazaviy hisoblash miqdorining 1.5 baravarida to‘lov qilishadi. 15-sentabr to‘lov qilishning so‘nggi muddati sanaladi.
Eslatma: Chet tillaridan malaka imtihonlarining 2024-yil 2-yarimyillik uchun jadvali tez kunlarda e’lon qilinadi.





