Climate Science olimpiadasi

19.03.2022 20:02
Climate Science olimpiadasi

Muddati:

10.08.2022

Rasmiy havola:

climatescience.org

Grant turi:

Tanlovlar

ClimateScience olimpiadasi

ClimateScience olimpiadasi bilan tanishing! Londonda joylashgan Climate Science xayriya tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan Olimpiada 12 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun global musobaqa bo‘lib, sizga iqlim o‘zgarishi bo‘yicha faoliyatingizda kuch bag‘ishlaydi. Bu sizga tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash, muammolarni hal qilish va yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi.

Foydali jihatlari:

Ishtirok etish orqali siz 15 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini jamoadoshlaringiz bilan yutib olishingiz va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim sammitida COP27da nutq so‘zlash imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin.

Ishtirok etuvchilar yoshi:

12 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan har bir kishi yakka tartibda yoki jamoa sifatida ishtirok etishi mumkin. Saralash o‘yinlari atigi 25 daqiqa onlayn davom etadi, shuning uchun siz dunyoning istalgan nuqtasidan qo‘shilishingiz mumkin!

Veb-sahifaga tashrif buyurib, bugunoq CS Olimpiada saralashida ishtirok etishingizni tavsiya qilamiz. Umid qilamizki, ko‘pchiligingiz ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilasiz.

Oxirgi muddat: 10.08.2022