CTRL kombinatsiyalari: Kompyuteringizni tez boshqaring!
17-mart 03:21

CTRL kombinatsiyalari: Kompyuteringizni tez boshqaring!
Kompyuterda ishlash samaradorligini oshirish uchun klaviatura qisqichlari (hotkeys) muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, CTRL tugmasi bilan bog‘liq kombinatsiyalar ko‘plab amallarni tez bajarishga yordam beradi.
Ko‘pchilik Ctrl+C va Ctrl+V kombinatsiyalaridan foydalanadi, ammo CTRL + A dan Z gacha bo‘lgan boshqa muhim qisqichlarni ham bilasizmi? Quyida ularning asosiy vazifalari keltirilgan:
CTRL kombinatsiyalarining asosiy funksiyalari
- Ctrl + A – Barcha matn yoki fayllarni tanlash
- Ctrl + B – Matnni qalin (bold) qilish
- Ctrl + C – Matn yoki faylni nusxalash
- Ctrl + D – Duplikat qilish (PowerPoint’da nusxa yaratish)
- Ctrl + E – Matnni markazga joylash
- Ctrl + F – Matn yoki faylda izlash
- Ctrl + G – Guruhlash (PowerPoint’da)
- Ctrl + H – Matnni almashtirish (Word’da)
- Ctrl + I – Matnni kursiv qilish
- Ctrl + J – Matnni sahifa bo‘ylab yoyish (Word’da)
- Ctrl + K – Giperhavola yaratish (Word, Telegram)
- Ctrl + L – Matnni chapga joylash
- Ctrl + M – Yangi slayd yaratish (PowerPoint’da)
- Ctrl + N – Yangi hujjat yoki fayl ochish
- Ctrl + O – Hujjat yoki faylni ochish
- Ctrl + P – Chop etish (print)
- Ctrl + Q – Dasturdan chiqish
- Ctrl + R – Matnni o‘ngga joylash
- Ctrl + S – Saqlash (save)
- Ctrl + T – Yangi vkladka ochish (Google Chrome, Edge)
- Ctrl + U – Matnni ostiga chizish
- Ctrl + V – Joylash (paste)
- Ctrl + W – Hozirgi oynani yopish
- Ctrl + X – Kesib olish (cut)
- Ctrl + Y – Oxirgi amalni qayta bajarish
- Ctrl + Z – Oxirgi amalni bekor qilish
Bu qisqichlarni bilish ish faoliyatini tez va samarali olib borishda yordam beradi. Agar siz hali ham barchasidan foydalanmagan bo‘lsangiz, eng foydalilarini hozirdan sinab ko‘ring!
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Nodavlat oliygohlar milliy reytingi tuziladi
26-iyun 19:30
Oʻqituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar
26-iyun 10:27