Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Elizabeth Neuffer Fellowship 2023" Elizabet Noffer dasturiga 2023 yil uchun arizalarni qabul qilmoqda

25.03.2022 11:53

Muddati:

15.04.2022

Rasmiy havola:

iwmf.submittable.com

Xalqaro Ayollar Media Jamg‘armasi (IWMF) ayollarning inson huquqlari va ijtimoiy adolat haqida muhbirlik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun akademik va professional imkoniyatlarni taqdim etadigan "Elizabeth Neuffer Fellowship 2023" Elizabet Noffer dasturiga 2023 yil uchun arizalarni qabul qilmoqda.

Qachon?
-2022-yil, iyun: dastur g‘olibini aniqlash;
-2023-yil, yanvar: “Boston Globe” gazetasida amaliyot o‘tash va Massachusets Texnologiya Institutining (MIT) Xalqaro tadqiqotlar markazida tadqiqot ishini yozish;
-2023-yil, may: “The New York Times” gazetasida amaliyot o‘tash;
-2023-yil, iyun: dasturni yakunlash.

Ishtirokchilar uchun talablar:
-Bu xalqaro dastur bo‘lib, butun dunyo ayol-jurnalistlari uchun mo‘ljallangan;
-Professional jurnalist bo‘lish va OAVda kamida 3 yil ishlagan bo‘lish lozim;
-Ingliz tilini a’lo darajada bilish.

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 2022-yil, 15-aprel.

Batafsil ma’lumot uchun ushbu link orqali rasmiy sahifaga o‘ting: https://iwmf.submittable.com/submit/211413/2023-elizabeth-neuffer-fellowship

Teglar