Fan olimpiadalari va sport musobaqalari g‘oliblarini ikki xil rag‘batlantirish: Hilola Umarova izohi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotganligi sababini ochiqladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotgani va mazkur masala ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotganligi haqidagi savoliga javob berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq fan olimpiadalari g‘oliblari qanday rag‘batlantirilishi haqida xabar bergan edik.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, avvallari fan olimpiadalarida yutgan o‘quvchilar faqat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan. Biroq, 2019-yildagi Prezident qarori bilan fan olimpiadalari, xususan jahon olimpiadalarida yutgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bu tizim asosan 5 yo‘nalishdagi fan olimpiadalari uchun amal qiladi: xalqaro IT yo‘nalishi, matematika, fizika, kimyo, hamda biologiya fanlari bo‘yicha.
Qarorga ko‘ra, xalqaro IT yo‘nalishi, matematika, fizika, kimyo hamda biologiya fan olimpiadalarida birinchi o‘rin olgan, oltin medal sohibiga BHM 500 barobar miqdorida taqdirlanadi. Kumush medal sovrindorlari 300 barobar, bronza medal uchun esa 200 barobar taqdirlanish belgilab qo‘yilgan.
Vazir shuningdek, sport musobaqalari va fan olimpiadalarini solishtirib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ko‘p hollarda sport musobaqalari va fan olimpiadalari bir xil vaqtda o‘tkaziladi. Ammo bir narsaga e’tibor qaratish lozimki, fan olimpiadalari har yili bo‘ladi, Olimpiada esa 4 yilda bir marta o‘tkaziladi.”
Ushbu izoh fan olimpiadalari va sport musobaqalaridagi g‘oliblarni rag‘batlantirishdagi farqlarni ochib beradi.