Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Kecha, 01:26
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari yo‘nalishi bitiruvchilari quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo‘yicha ishlashlari mumkin:

  • Umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda geografiya, iqtisodiy bilim asoslari hamda tadbirkorlik asoslari fanlari o‘qituvchilari maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
  • O‘rta maxsus va professional ta’limda geografiya, iqtisodiy bilim asoslari hamda tadbirkorlik asoslari fanlari o‘qituvchilari sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
  • Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant;
  • Kabinet mudiri.