Hujjatimni nostrifikatsiya qildirmoqchiman, qayerga murojaat qilishim kerak?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Nostrifikatsiya qildirishning 2 xil usuli mavjud:
- 1-usul: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://my.gov.uz/oz) orqali onlayn tarzda oʻzingiz mustaqil olishingiz mumkin. Bunda maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor boʻladi.
Bu uchun:
- Portalga (https://my.gov.uz/oz) kirasiz.
- Kirish tugmasini bosib, OneID orqali (agar OneID boʻlsa) tizimga kirasiz. OneID boʻlmasa, roʻyxatdan oʻtasiz.
- Keyin portaldagi xizmatlar roʻyxatidan Ta’lim boʻlimi tanlaysiz.
- Diplomni nostrifikatsiyalash boʻlimiga kirasiz.
- Xizmatdan foydalanish tugmasini bosasiz va kerakli maʼlumotlarni kiritasiz.
- To‘lovni amalga oshirasiz (Upay, Payme yoki Click ilovalari orqali). To‘lov miqdori jismoniy shaxslar uchun BHM ning 2.7 (2023-yil 20-aprel holatiga ko‘ra, 810000 so‘m) miqdoriga teng.
2-usul. Davlat Xizmatlari markazi orqali. Bunda o‘zingizga eng yaqin va qulay bo‘lgan istalgan Davlat Xizmatlari Markaziga kerakli hujjjatlar bilan murojaat qilishingiz mumkin.
Qanday hujjatlar kerak bo‘ladi:
- Хorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning nusxasi:
- Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjat va unga ilovaning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi.