Ichki “perevod” natijalari e’lon qilinmoqda
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Ichki “perevod” natijalari e’lon qilinmoqda
O‘zbekistondagi davlat oliygohlarining biridan ikkinchisiga o‘qishini uzrli sabablarga ko‘ra ko‘chirayotgan talabgorlarga tegishli vazirlik (idora) tomonidan natijalar e’lon qilinmoqda.
Agar shaxsiy kabinetda arizangizning statusi “Natijalar eʼlon qilinishi kutilmoqda” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, 1-2 kundan soʻng bu status “Tavsiya etildi” yoki “Tavsiya etilmadi” deb o‘zgaradi.
Eslatib o‘tamiz, tavsiya etilgan talabgorlar o‘qishini ko‘chirgan oliy ta’lim muassasasiga borib olishlari shart emas. Sababi, tegishli vazirlik (idora) tomonidan tavsiya etilganlarning ro‘yxati OTMlarga jo‘natiladi va shu asosida OTM aloqa xatlarini tayyorlashi kerak bo‘ladi.