Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. 1-bosqich bakalavrlar uchun 29,4 million soʻm, magistratura uchun esa 27 million soʻm etib belgilandi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirilgani e’lon qilindi. Unga ko‘ra, stipendiyasiz shaklda 1-bosqich bakalavr talabalari uchun kontrakt narxi 29,4 million soʻm, 2-4-bosqich talabalari uchun esa 23,7 million soʻm etib belgilandi.

Shuningdek, to‘lov-kontrakt narxi magistratura uchun 27 million soʻm, chet elliklarga esa 38,4 million so‘mdan – 51,2 million so‘mgacha ko‘tarildi.
Universitet axborotida kontrakt narxlarining oshirilish sabablari ochiqlanmagan.





