Yaponiyada magistratura va doktorantura bosqichida o‘qish uchun stipendiya
25.08.2021 22:30

Muddati:
31.10.2021
Davlat:
Yaponiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Magistratura, Doktorantura
Biologiya fanini videodarslar orqali Professional ustozlardan BEPUL o'rganing.– Registon o‘quv markazi
Ushbu stipendiyaga dunyo bo‘ylab doktorantura yoki magistrlik uchun Yaponiyada o‘qiyotgan yoki o‘qishni rejalashtirayotgan chet ellik talabalar ariza topshirishlari mumkin. Ariza topshirish 2 mavsumda bo‘lib:
- Bahorgi mavsum uchun - 1-sentyabrdan 31-oktyabrgacha;
- Kuzgi mavsum uchun - 1-apreldan 30-aprelgacha .
Bahorgi mavsum uchun 10 ta saralangan nomzodlar uchun grant mavjud. BATAFSIL.
Foydali tomonlari:
- 1 yil yoki 2 yil uchun oyiga 200 000 yen;
- 3 yil davomida oyiga 180.000 yen;
- 4 yil yoki 5 yil davomida oyiga 150 000 yen. To‘lov muddati boshlanganidan keyin uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘qish muddati bir yildan kam bo‘lganlar ariza bera olmaydi.
- Xalqaro konferensiyada qatnashish xarajatlarini qoplash uchun sayohat granti beriladi.
Talablar:
- Nomzodlar Yaponiya fuqarosi bo‘lmasligi lozim;
2. 2022-yilda Yaponiya universitetlaridan birida o‘qiyotgan yoki 2022-yil aprelgacha qabul qilingan bo‘lishi; - Professional doktoranturada tahsil olayotgan talabalar hujjat topshira olmaydi. Biroq tadqiqot rejasini topshirgan talaba ariza berish huquqiga ega.
- Kamida 12 oy o‘qish muddatiga ega bo‘lishi;
- Doktorantura dasturiga ariza topshirayotgan talaba 35 yosh, magistrlik dasturiga hujjat topshirayotgan talaba 30 yoshdan kichik bo‘lmasligi lozim;
- Yapon tilida kundalik so‘zlashuvda gaplashada oladigan darjada bo‘lishi va barcha hujjatlarni yapon tilida topshirishi kerak.
Talablar haqida batafsil SHU YERDA.
Hujjat topshirish jaraayoni:
- onlayn ariza topshirish (1-sentyabrdan ochiq);
- Nomzodning bakalavr va magistratura (agar mavjud bo‘lsa) bosqichidagi o‘zlashtirish baholari (yapon tilida tarjimasi);
- Tadqiqot maqsadi (yapon tilida);
- Ilmiy rahbardan tavsiyanoma;
- Universitetdan ma’lumotnoma/ qabul qilinganlik haqida xat;
Hujjat topshirish haqida batafsil SHU YERDA.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun info@hisf.or.jp ga murajaat qilishingiz mumkin.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Yaponiya O‘zbekistondagi ta’lim muassasalariga grant ajratdi
08.03.2023 17:53
Talabadan pul kerakmi deb so‘ramang, unga pul bering (video)
10.01.2023 18:35