Joriy yildan boshlab nodavlat maktablar ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.
Ushbu jarayonda qurʼa tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.
Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘rab qolamiz.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi