Kun tartibiga rioya etish qanchalik zarur?
Kun tartibiga rioya qilish, vazifalarni belgilash va sabrni rivojlantirishning ahamiyati. Kun tartibini tuzish bo‘yicha foydali maslahatlar

Kun tartibiga rioya etish qanchalik zarur?
Kun tartibi tuzishning eng muhim jihati shundaki, inson kunlik vazifalarini aniq belgilab oladi va unga qat’iy amal qilish uchun o‘z sabrini ham rivojlantirib boradi. Agar inson qanchalik sabrini rivojlantirib borsa, hayotda bo‘ladigan ba’zi to‘siqlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslikka yordam beradi.
- Ertalab turishi bilan inson o‘zini yaxshi so‘zlar bilan siylashi lozim;
- Har kun uchun amal qiladigan iqtibosingizni oynaga qarab takrorlang;
- Berilgan imkoniyatni to‘g‘ri taqsimlang;
- Ertaga qilinadigan rejalar bir kun oldin boshlanishini unutmang;
- Ishlaringizni muhimligiga ko‘ra vaqtlar bo‘yicha taqsimlang.





