Litsenziya olmasdan nodavlat universitet ochgan firibgarlar aniqlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar A.A. (firibgarlik jinoyati uchun sirtdan ayb e’lon qilinib, qidiruv e’lon qilingan) va Sh.A. o‘zaro til biriktirib, 2022 yilda MCHJ shaklidagi nodavlat universitetini tashkil etishib, ushbu muassasada o‘qish istagini bildirgan 18 nafar fuqaroning jami 152,9 mln so‘mini qo‘lga kiritishib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.M. qo‘shni Tojikiston Respublikasida tahsil olayotgan 21 nafar talabaning o‘qishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirib berish evaziga jami 15 300 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.