Maktab va bog‘chalarga tarqatilgan yod preparati iste’moli to‘xtatildi
23.09.2023 10:50
Sog‘liqni saqlash vazirligi Namanganda o‘nlab bolalarning salomatligi yomonlashishiga sabab qilib ko‘rsatilayotgan «Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka N100 (Antistrumin)» dori vositasi iste’molini laboratoriya xulosalari chiqqunga qadar zudlik bilan vaqtincha to‘xtatib turish haqida topshiriq berdi.

Eslatib o‘tamiz, 20-sentabrdan boshlab har chorshanba kuni barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yod preparatlarini bepul tarqatish boshlangandi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Muvaffaqiyat siri — qo‘rquvga qaramay harakat qilish
22-may 09:58
Oxford universiteti qachon asos solingan?
14-may 10:37