Maktablarda vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Endilikda O‘zbekistonda har bir maktabning 9-sinfidan boshlab bittadan «Yosh gvardiyachilar» vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov maʼlum qildi.
Maqsad – yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Uning bildirishicha, o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida «Yosh gvardiyachilar» ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori tayyorlandi.
56 ta maktabda sinflar mavjud edi
Shu kunga qadar Milliy gvardiya tasarrufida Respublika bo‘ylab har bir viloyatda 4 tadan maktablarda jami 56 ta maktablarda 265 ta «Yosh gvardiyachilar» sinflari mavjud bo‘lgan. Endilikda qarorga asosan har-bir maktabda bittadan «Yosh gvardiyachilar» vatanparvarlik sinflari tashkil etiladi
Ikki bosqich
Bu ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqichda — 2024/2025-o‘quv yilida 2 530 ta,
- ikkinchi bosqichda — 2025/2026-o‘quv yilida 2 536 ta
maktabda harbiy vatanparvarlik sinflari o‘z faoliyatini boshlaydi.