Maqsad qo‘yish muhim
30.06.2024 02:23
1979-yilda Garvard Universitetida bir ajoyib tadqiqot o‘tkaziladi. MBAning barcha bitiruvchilariga quyidagi savol beriladi:
- “Hayotda siz doim intiladigan aniq bir maqsadingiz bormi?”
Javoblar quyidagicha bo‘lgan:
- 84% bitiruvchilar maqsadi yo‘qligini aytishgan.
- 13% bitiruvchilar o‘z maqsadlarini ayta olishgan, faqat unga erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja qilishmagan.
- 3% bitiruvchilar esa ularni harakatga keltiruvchi maqsad borligini va boshqalardan farqli ravishda ularni yozib, erishish uchun aniq bir strategiya yoki reja tuzib qo‘yishganliklarini e’tirof etishgan.
Keyinchalik tadqiqotchilar ularning hayotlarini 10 yil davomida kuzatishadi va quyidagi qiziqarli xulosaga kelishadi:
- 13% tasavvurida maqsadi bor bitiruvchilar bemaqsad yashayotgan 84% ga nisbatan hayotda 2 barobar muvaffaqiyatli bo‘lishgan.
- 3% maqsadini yozib qo‘ygan va har kuni unga qarab intilayotganlar esa jami 97% bitiruvchilardan 10 barobar muvaffaqiyatliroq bo‘lishgan.
Xulosa
Inson hayoti davomida biror maqsad qo‘ysa va unga intilsa, o‘zining yashirin salohiyatlaridan 10-20 barobar unumliroq foydalanishi mumkin ekan.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘zini burchakka qo‘yish
23-mart 13:58
Suv toshni kuchi bilan emas, davomiyligi bilan buzadi
09-mart 15:51
O‘qishga kira olmay, siqilib yurganlarga maslahatim
02-sentabr 07:48
Rivojlanishni xohlaysizmi? Unda harakat qiling!
28.02.2025 07:17