Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Mustaqillik bayramida O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi
Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar uchun ketma-ket 4 kun dam olish kuni belgilandi. Bu kunda:
- 31-avgust, shanba — 6 ish kunilik jadvalda ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik jadvalda ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
- 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
- 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, bayram kunining yakshanbaga to‘g‘ri kelishi sababli dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
- 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Shu bilan birga, yangi o‘quv yili quyidagi sanalarda boshlanadi:
- Maktablarda — 4-sentyabr;
- Akademik litseylarda — 4-sentyabr;
- Kasb-hunar maktablarida — 4-sentyabr;
- Kollej va texnikumlarning ikkinchi va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentyabr;
- Oliy ta’lim muassasalarida (barcha kurslar uchun) — 9-sentyabr.
Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun qabul davom etayotganligi sababli, yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi hali aniq emas. Bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi.