Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2024-yil 16-aprel)

11-aprel 03:50
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan joylar (2024-yil 16-aprel)

2024-yil 16-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari respublika bo‘yicha 7 ta hududda quyidagi vaqtlarda o‘tkaziladi:

Toshkent shahri:

  • Doimiy yashash hududi: Sirdaryo viloyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahri.

Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena – 09:00, 2-smena – 11:00, III smena - 14:00.

  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligi (oldingi Davlat test markazi) binosi.
  • Manzil: Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi 12-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/683ZeGsJpZAeKNx98.

Namangan viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 14:00.
  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi Tadbirkor MFY Yoshlik ko‘chasi.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/SJxs6TxJeLkByh2BA.

Buxoro viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Buxoro va Navoiy viloyatlari.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00.
  • Joy nomi: Bilimni baholash agentligining Buxoro viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Buxoro tumani Bog‘idasht MFY.
  • Mo‘ljal: Buxoro shahri 7-kichik tuman 43-maktab orqa tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/rEyCwopqBCoTbCEV9.

Surxondaryo viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Surxondaryo viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 14:00.
  • Joy nomi: Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino).
  • Manzil: Termiz shahri Barkamol Avlod ko‘chasi 43-uy.
  • Mo‘ljal: viloyat Xalq banki.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/eSGuAUo779YJDGvn6.

Qashqadaryo viloyati:

  • Doimiy yashash hududi: Qashqadaryo viloyati.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00.
  • Joy nomi: Qarshi davlat universiteti Matematika fakulteti (2-qavat, Axborot texnologiyalari markazi).
  • Manzil: Qarshi shahar, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://maps.app.goo.gl/vFwS9CaM7rrA6fU98.

Samarqand viloyati:

•Doimiy yashash hududi: Samarqand viloyati, Jizzax viloyati.

•Test sinovining boshlanish vaqti: 1-smena 09:00

•Joy nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali binosi.

•Manzili: Samarqand shahar Ibn sino ko‘chasi 2-uy

Mo‘ljal: Geofizika qo‘rg‘oni.

•Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/PttcAv7QbH2GaPrQA

Xorazm viloyati :

  • Doimiy yashash hududi: Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
  • Test sinovining boshlanish vaqti: 09:00.
  • Joy nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligining Xorazm viloyatidagi binosi.
  • Manzil: Urgаnсh tumani Yuqоri dо‘rmаn Yuqoriovul MFY O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy.
  • Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab yon tomoni.
  • Joylashuvi (geolokatsiya): https://goo.gl/maps/EtpDyxZkQtz.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://t.me/NostrifikatsiyaBBA/72

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.