Nufuzli xalqaro olimpiadalarning saralash nazorat materiallari qay tartibda beriladi va qanday baholanadi?
19.02.2023 20:07
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning II bosqichida nazorat materiallari qay tartibda beriladi va qanday baholanadi?
- Matematika fanidan – saralash olimpiadasida ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 ball bilan hamda barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi;
- Fizika fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 3 ta topshiriq berilib, barcha topshiriqlar 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.
- Kimyo fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun turli qiyinlik darajasidagi 5 ta topshiriq berilib (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 75 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 25 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.
- Biologiya fanidan – saralash olimpiadasi 2 kun davomida o‘tkaziladi. Birinchi kun ishtirokchilarga yozma ish uchun 5 ta topshiriq beriladi (topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi), barcha topshiriqlar umumiy 50 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt beriladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga nazariy test topshirig‘i beriladi, test topshiriqlari umumiy 50 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi;
- Informatika va axborot texnologiyalari fanidan - saralash olimpiadasi 2 kun davomida onlayn tizimda tashkil qilinadi hamda ishtirokchilarga har kuni turli qiyinlik darajasidagi 5 tadan masala berilib, topshiriqlarning qanday baholanishi hakamlar hay’ati tomonidan belgilanadi. To‘liq ishlangan va axborot tizimida avtomatik tarzda qabul qilingan barcha masalalar umumiy 200 ball bilan baholanadi. Topshiriqlarni bajarish uchun ishtirokchilarga har kuni 4 soatdan vaqt beriladi. Bir xil ball to‘plagan ishtirokchilarning reytingi jarima vaqtini hisobga olish orqali onlayn tizimda avtomatik tarzda aniqlanadi. Ishtirokchilar masalalarni bajarish uchun dastur kodlarini faqat C++ dasturlash tilida yozishlari talab etiladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
2025-yilda ta’lim sohasiga qancha mablag‘ ajratiladi?
01-noyabr 14:45
Toronto universiteti sun’iy intellektda xavfsizlik va axloqiylikni ta’minlashga intilmoqda
30-oktabr 17:25
Bolalar nima uchun yolg‘on gapiradi?
28-oktabr 03:19