"Ochisleniya" bo‘lgan talabalar ham o‘qishini ko‘chirishi mumkin!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ayni vaqtda xorijda va Respublikamizdagi nodavlat oliygohlarda tahsil olayotgan ayrim talabalar o‘z vaqtida to‘lov-kontrakt pulini to‘lamaganligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlatilgan. Ushbu toifadagi talabalar ham o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirishi mumkinmi?
Buning uchun o‘qigan davri ko‘rsatilgan transkripti (yoki akademik ma’lumotnoma) hamda talabalar safidan chetlatilganligi to‘g‘risida buyruq kerak bo‘ladi. Ushbu hujjatni o‘qishni ko‘chirish arizasiga ilova qiladi hamda imtihonlarda bemalol qatnashishi mumkin. Bunda huquqiy tomonlama hech qanday cheklov yo‘q!
Xulosa qilib shuni aytish mumkin-ki, o‘qishdan chetlatilgan talabalar ham bemalol Respublikadagi davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirishi mumkin.