Olimpiada g‘oliblari va yosh olimlar uchun pul mukofotlari oshiriladi

Prezident maktabi imtihonlariga tayyorlaning
➡ ONLAYN KURS
Xalqaro olimpiada g‘oliblari va yosh olimlar uchun yangi imtiyozlar belgilandi
Prezident qaroriga ko‘ra, ilm-fanni rivojlantirish va yoshlarni ilmiy faoliyatga rag‘batlantirish maqsadida xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlarining pul mukofoti 5 baravar oshiriladi.
Bundan tashqari, ilmiy tadqiqotlar va ta’limda yuksak natijalarga erishgan yoshlar uchun quyidagi yangi imtiyozlar joriy qilinadi:
- Dunyoning nufuzli “Top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy xarid qilish uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
- Harbiy oliygohlarda namunali natijaga erishgan tinglovchilar uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
- Yoshlarni ilm-fan va intellektual sohalarga jalb qilish maqsadida eng yaxshi ilmiy media kontentlar va intellektual shoularni yaratish uchun Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi.
Bu imtiyozlar yoshlarning ilmiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularga yangi imkoniyatlar yaratish uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Manba: Prezident matbuot xizmati