O‘qishdan stress olmaslik uchun qanday tarzda o‘rganish kerak?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Shubhasiz, bilim olish eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Lekin hamma ishning qiyinchiligi bo‘lganidek, o‘qishning ham og‘irliklari bor. Ayniqsa, g‘alvir suvdan ko‘tariladigan payt yaqin qolganda.
Ko‘p o‘qish stressga sabab bo‘lishi, sizni charchatib qo‘yishi mumkin. Ham ko‘proq o‘qing, ham stresslarni chetlab o‘ting:
Erisha oladigan maqsadlarni oldingizga qo‘ying. O‘z potensialingizni bilasiz, lekin o‘zingiz qo‘lingizdan kelganidan ham ko‘prog‘ini o‘zingizdan talab qilmang.
Keragidan ortiq narsani o‘zlashtirish uchun qisqa muddatlar qo‘ymang. Qancha muddatda qancha bilimni o‘zlashtirish mumkinligini belgilab olib, shunga amal qilgan holda o‘qing.
Eng muhim manbalarni birinchi o‘rinda o‘zlashtirishga, unchalik muhim bo‘lmaganlarini keyingi o‘rinda o‘qishga harakat qiling. Muhim va muhimligi unchalik yuqori bo‘lmagan narsalarni saralashni o‘rganing.