O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha hujjatlar qabul qilinmoqda: Qanday hujjatlar kerak?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilinmoqda
2025-yilning 20-yanvariga qadar o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun 13 ta oliy ta’lim muassasasi hududiy ishchi guruhlar tashkil etdi. Ishchi guruhlar 20-yanvar kuniga qadar har kuni ishlaydi:
- Ish vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha
- Shanba: 9:00 dan 15:00 gacha
- Yakshanba: dam olish kuni
Hujjatlar ro‘yxati
Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (hududiy ishchi guruh tomonidan taqdim etiladi va joyida to‘ldiriladi);
- Talabaning reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi (bittasi yetarli);
- Pasport nusxasi;
- Uzrli sababni tasdiqlovchi hujjatlar.
O‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi uzrli sabablar
- Talaba oila qurishi sababli turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishni ko‘chirishni istasa.
- Davlat organlari xodimining ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini ko‘chirish istagi bo‘lsa. Bu holda tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi kerak bo‘ladi.
Qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasalari
Arizalarni qabul qiluvchi hududiy ishchi guruhlar faoliyat olib boradigan OTMlar ro‘yxati:
- Qoraqalpog‘iston: Qoraqalpoq davlat universiteti
- Andijon viloyati: Andijon davlat universiteti
- Buxoro viloyati: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
- Jizzax viloyati: Jizzax politexnika instituti
- Qashqadaryo viloyati: Qarshi davlat universiteti
- Navoiy viloyati: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
- Namangan viloyati: Namangan davlat universiteti
- Samarqand viloyati: Samarqand davlat universiteti
- Sirdaryo viloyati: Guliston davlat universiteti
- Surxondaryo viloyati: Termiz davlat universiteti
- Farg‘ona viloyati: Farg‘ona politexnika instituti
- Xorazm viloyati: Urganch davlat universiteti
- Toshkent shahri va viloyati: O‘zbekiston Milliy universiteti