O‘quv markaz ochish uchun 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratish boshlandi!
05-yanvar 12:34

Endi qishloq hududlarida ham xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bir martalik subsidiya olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.
Subsidiya olish uchun talabgorlar kalendar yilning har choragida oyning 10-sanasiga qadar my.gov.uz portalidagi Qishloq hududlardа xorijiy tillarini o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya аjratish xizmatidan foydalanadi.
Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:
- bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;
- zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga.
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
O‘quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish boshlandi
04-aprel 09:00
Eng yaxshi repetitorni qanday tanlash kerak?
06-mart 23:54
🏆EDU BRANDING - Eng yaxshi ta’lim brendi tanlovi
31.01.2022 12:22