O‘quvchilarning taʼtil paytidagi xatti-harakati uchun sinf rahbari javobgar bo‘lmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Barchamizga maʼlumki, ilgari o‘quvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u taʼtilda bo‘lsin xoh darsdan tashqarida bo‘lsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning o‘rinbosarlari javobgar bo‘lardi. Misol uchun o‘quvchi taʼtil vaqtida qo‘shnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari o‘sha o‘quvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.
Ko‘p hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilar edi. O‘quvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday taʼsirchan choralar ko‘rilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.
Xalq taʼlimi vazirligining 2021 yil 22 fevral kungi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq taʼlim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va taʼtil paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.
Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.
Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga masʼul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.