O‘zbekistonda IELTS olganlar soni 5 baravar oshdi

Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekistonda IELTS olganlar soni 5 baravar ko‘paydi
So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan yoshlar soni keskin oshdi. Agar 2020-yilda 10 ming kishi ushbu imtihonni topshirgan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 53 mingga yetdi.
Bu o‘sish mamlakatda chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi. Hozirda chet tilini o‘rganayotgan yoshlar soni 2 milliondan oshgan.
Til bilgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
🔹 C1 darajasiga ega bo‘lgan yoshlar olis hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
🔹 Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarning xarajatlari "2+6" shaklida davlat tomonidan qoplanadi.
➡️ Bunda dastlabki 2 oy uchun to‘lov o‘quvchining o‘z hisobidan, qolgan 6 oylik to‘lov esa davlat tomonidan amalga oshiriladi.
🔹 Dasturlash kurslariga borgan 25 ming nafar qizlar uchun ham to‘lov davlat tomonidan qoplab beriladi.
Bu tashabbuslar yoshlarning chet tillarini o‘rganishini rag‘batlantirish va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni shakllantirishga xizmat qiladi.