Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistondagi uchta OTM Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

11-oktabr 13:25
O‘zbekistondagi uchta OTM Top universitetlar ro‘yxatidan joy oldi

2025-yil uchun top universitetlar reytingi e’lon qilindi

Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education xalqaro reyting tashkiloti World University Rankings-2025 TOP-1000 oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingida Oksford universiteti yana bir bor 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Massachusets texnologiya universitetiga (MIT), 3-o‘rin esa Harvard universitetiga tegishli bo‘ldi.

Top 10-likda asosan Buyuk Britaniya va AQSh universitetlari ustunlik qilgan bo‘lsa, Xitoy universitetlari ham yuqori o‘rinlarni egallab, dunyo reytingida o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Masalan, Xitoyning eng nufuzli universitetlari 12- va 13-o‘rinlarda qayd etildi.

O‘zbekistonning 3 ta universiteti ham bu reytingda o‘z o‘rnini topgan. Quyidagi OTMlar dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida kiritildi:

  • Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti – 601-800 o‘rin
  • O‘zbekiston milliy universiteti – 1001-1200 o‘rin
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 1501-o‘rin