Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonlik o‘quvchi Yevropa qizlar olimpiadasida bronza medalini yutdi

26-iyul 16:53
O‘zbekistonlik o‘quvchi Yevropa qizlar olimpiadasida bronza medalini yutdi

Yevropa qizlar olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medalini qo‘lga kiritdi

Ayni kunlarda Niderlandiyaning Eyndxoven shahrida Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasi o‘tkazilmoqda. Olimpiadaning 2-kun yakunlariga ko‘ra, 57 davlatdan yig‘ilgan 200 nafarga yaqin ishtirokchi orasida o‘zbekistonlik Zarnigor Raximova 329 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash lozim, 27-iyulgacha davom etadigan musobaqada O‘zbekiston nomini quyidagi iqtidorli qizlar himoya qilmoqda:

  • Zarnigor Raximova (Buxoro viloyati)
  • Oysha Mirzatillayeva (Toshkent shahri)
  • Malika Xojamuratova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
  • Solixa Dagarova (Samarqand viloyati)

Olimpiada davomida qizlar nafaqat dasturlashga oid ko‘nikmalar, balki jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik hamda madaniyatlararo muloqot singari **yumshoq ko‘nikmalar (soft skills)**ini ham rivojlantirishga muvaffaq bo‘ladi.